AsosiyDunyo

Pokiston Hindiston bilan urush ochmoqchiligini ma’lum qildi

Pokiston mudofaa vazirining bildirishicha, mamlakat armiyasini kuchaytiryapti hamda Hindiston tomonidan muqarrar harbiy bosqinni kutmoqda.

'Pokiston Hindiston bilan urush ochmoqchiligini ma’lum qildi'ning rasmi

Pokiston armiyasini kuchaytirdi va Hindiston tomonidan muqarrar harbiy bosqinni kutmoqda. Bu haqda Pokiston mudofaa vaziri Xavaja Muhammad Asif Reuters agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Biz kuchlarimizni oshirdik, chunki Hindiston bosqini muqarrar bo‘lib qoldi. Bunday vaziyatda strategik qarorlar qabul qilish zarur edi va ular qabul qilindi",— deydi Asif.

Shuningdek, vazir Hindistonning so‘nggi bayonotlari tobora tajovuzkor bo‘lib borayotganini ta’kidladi. U Pokiston armiyasi Hindistondan hujum xavfi yuqori ekani haqida hukumatni allaqachon ogohlantirganini aytdi. Biroq Asif Hindiston bosqinining muqarrarligini ko‘rsatuvchi aniq sabablarni ochiqlashdan bosh tortdi.

Vazirning ta’kidlashicha, yuqori jangovar shay holatda bo‘lgan Pokiston “davlatning mavjudligiga tahdid” yuzaga kelgan taqdirda yadro qurolidan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

"Biz Fors ko‘rfazi va Xitoydagi do‘stlarimizga vaziyat haqida xabar berdik, shuningdek, Buyuk Britaniya, AQSH va boshqa davlatlarni ham xabardor qildik",— deya aniqlik kiritdi Asif.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Fors ko‘rfazidagi ba’zi davlatlar mojaroning har ikki tomoni bilan muzokaralarni allaqachon boshlagan, biroq mazkur davlatlar nomini ochiqlamagan.

Bungacha Pokiston temiryo‘l vaziri Hanif Abbosiy ham keskin nutq so‘zlab, Hindistonga “yadroviy qasos” bilan tahdid qilgandi. U Pokistonda 130 ta yadro kallaklari mavjudligi, ular “faqat Hindiston uchun mo‘ljallangani”ni qayd etgan.

Bizning yadro qurolimiz xo‘jako‘rsinga emas. Uning joylashuvi butun mamlakat bo‘ylab tarqalgan va u darhol qo‘llanishga tayyor. Barcha ballistik raketalar Hindistonga qaratilgan, degan Abbosiy (India Today’dan iqtibos).

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ukraina urushi yadroviy mojaroga aylanishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:33

    Ukraina urushi yadroviy mojaroga aylanishi mumkin

    AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens Ukrainadagi urush yuzasidan ogohlantiruvchi bayonot berdi.

    'Yevropa zulmatga cho‘mdi: Elektr inqirozi ko‘chalarni to‘xtatdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:08

    Yevropa zulmatga cho‘mdi: Elektr inqirozi ko‘chalarni to‘xtatdi

    Fransiya, Ispaniya va Portugaliya tarixdagi eng yirik elektr uzilishlaridan birini boshdan kechirdi.

    'Yevropa Trampdan nima kutmoqda?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:22

    Yevropa Trampdan nima kutmoqda?

    Germaniyaning yetakchi nashrlari ushbu uchrashuvni faol muhokama qilmoqda.

    'BMT Ukrainadagi ko‘chirilganlarga yordamni qisqartirdi'ning rasmi

    Dunyo 28.04.2025 21:27

    BMT Ukrainadagi ko‘chirilganlarga yordamni qisqartirdi

    Bunga AQSHning moliyaviy yordamini to‘xtatgani sabab bo‘lgan.

    'Ispaniyada chiroq o‘chib qolgani sababli poyezdlar harakati to‘xtadi'ning rasmi

    Dunyo 28.04.2025 17:46

    Ispaniyada chiroq o‘chib qolgani sababli poyezdlar harakati to‘xtadi

    Shuningdek, Madriddagi xalqaro aeroport elektr ta’minotisiz qoldi.

    'Eron deputati Isroilni portlashda aloqadorlikda aybladi'ning rasmi

    Dunyo 28.04.2025 13:20

    Eron deputati Isroilni portlashda aloqadorlikda aybladi

    Portda sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 40 nafarga yetgani, jarohatlanganlar esa 1000 nafardan oshgani xabar qilindi.