AsosiyJamiyat

“Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari o‘tkaziladi

G‘oliblar BHMning 1 400 baravari (525 mln) ga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

'“Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari o‘tkaziladi'ning rasmi

“Umumiy o‘rta ta’lim sohasi xodimlari o‘rtasida “Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (264-son, 28.04.2025 y.) qabul qilindi.  Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yildan har 2 yilda 1 marta quyidagi tanlovlar o‘tkaziladi: 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari o‘rtasida “Yil o‘qituvchisi” tanlovi;

  • pedagogik mahorat markazlari direktorlari o‘rtasida “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovi.

Qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

▪️“Yil o‘qituvchisi” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi;

▪️“Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi.

Tanlovlar yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan har bir nomzod QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi.

Sertifikat asosida g‘oliblar BHMning 1 400 baravari (525 mln) ga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

    Boshqa yangiliklar