Myanmada to`ntarish uyushtirgan harbiylar vise-prezident Mint Shveni vaqtinchalik prezident etib tayinladilar. Bu haqda Izvestiya nashri xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga qaraganda, harbiylar ushbu tayinlovni mamlakat konstitusiyasining 418-moddasi bilan izohladigan. Favqulodda holat paytida prezident lavozimini vise-prezident egallaydi. Ta`kidlanishicha, Mint Shve ushbu lavozimni 2018 yilda prezident Txin Chjo iste`foga chiqqandan keyin egallagan.
Ma`lum bo`lishicha, Mint Shve sobiq harbiy general hisoblanadi. Bunday holatda hokimiyat to`liqligicha Myanma qurolli kuchlari bosh qo`mondoni, katta general Min Aung Xleynu qo`liga o`tadi.
Ma`lumot o`rniga, Myanma harbiylari shtat rahbarlarini hibsga olinganidan keyin mamlakatda bir yil muddatga favqulodda holat e`lon qilindi.






