AsosiySport

«Real» sardori «MYu»ga o`tishga tayyor

'«Real» sardori «MYu»ga o`tishga tayyor'ning rasmi

«Real» klubi sardori Serxio Ramos faoliyatini «Manchester United»da davom ettirish variantini ko`rib chiqmoqda. Bu haqda Mirror xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, ispaniyalik 34 yoshli himoyachi Madrid klubi bilan yakuniga etayotgan shartnomasini uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmayotgani uchun yozda jamoani erkin agent sifatida tark etadi. Ramos unga qiziqish bildirayotgan «MYu» taklifini qabul qilib, faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirmoqchi.

Manbaning xabariga ko`ra, «Real» sardorining o`zi ham «Manchester Yunayted»ga o`tishga tayyorligini bildirgan. Shuningdek, Serxioga Fransiyaning «PSJ» klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq, Ramos «qirollik klubi» prezidenti Florentino Peresga boshqa klublar taklifini ko`rib chiqayotgani va yozda klubni tark etishi haqida aytgani xabar qilingandi.

    Boshqa yangiliklar