Dunyoda COVID-19 koronavirus kasalligining yangi holatlari soni ketma-ket uchinchi haftada kamayib bormoqda. Bu haqda dushanba kuni Jenevada bo`lib o`tgan brifingda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus ma`lum qildi.
"Uchinchi hafta ketma-ket dunyo bo`ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni kamayib bormoqda", dedi u va "bu quvonchli yangilik" va "virusni hatto hozirda paydo bo`lgan yangi shtammlar bilan ham boshqarish mumkinligini ko`rsatmoqda. Bu shuni ko`rsatadiki, virusga qarshi choralarni davom ettirish orqali infeksiya tarqalishining oldini olish mumkin bo`ladi", dedi JSST rahbari.
Gebreyesus yana ta`kidlashicha, ehtiyot choralarini ko`rishni davom ettirish "o`ta muhim". Infeksiya tarqalishini nazorat qilish koronavirusning "hayotini saqlab qoladi" va "yangi navlarning paydo bo`lish ehtimolini pasaytiradi".