O`zbekistonda ishlash uchun akkreditasiya berilmagan va Tashqi ishlar vazirligi xodimi unga shilqimlik qilganini ta`kidlagan polshalik jurnalist Agneshka Pikuliska haqida xabar berilgan edi. TIV matbuot xizmati ushbu masala yuzasidan munosabat bildirdi.
Xorijiy jurnalist Agneshka Pikuliskaning shikoyati bizda juda jiddiy xavotir uyg`otdi va albatta, bu xolatga aniqlik kiritgan xolda uni sinchkovlik bilan o`rganish kerak deb hisoblaymiz. Biz Agneshka bilan ertagayoq ko`rishgan xolda vaziyatni muhokama qilishga tayyormiz.
Bugun biz Agneshka Pikuliska bilan konstruktiv uchrashuv o`tkazdik. Uchrashuv davomida uning O`zbekistondagi faoliyati yuzasidan ro`y bergan vaziyatni atroflicha muhokama qildik. Umid qilamizki, yaqin vaqtlarda noxush voqea bartaraf etiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
O`z navbatida, Fond mahalliy va xorijiy jurnalistlar, jumladan Agneshka Pikuliska faoliyatini faol qo`llab-quvvatlashga tayyor. Agneshka Pikuliskaning professional va akademik salohiyati hurmatga loyiq va u bilan keyinchalik hamkorlik qilishdan manfaatdormiz.
O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati Agnieshka Pikulitska-Vilchevska bilan bog`liq hodisa yuzasidan izoh berdi
2021 yilning 2 fevral kuni TIVda vazirlik matbuot kotibi A. Xodjimetov va ilgari TIV huzurida «Al-Jazeera» telekanali muxbiri sifatida akkreditasiyadan o`tgan Agneshka Pikulitska-Vilchevska o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuv davomida uning akkreditasiyasi va bo`lib o`tgan voqea bilan bog`liq qo`shimcha holatlar aniqlandi.
Chet ellik jurnalistdan hodisa uchun uzr so`raldi.
Mazkur muxbir tomonidan tilga olingan vazirlik xodimi Tashqi ishlar vazirligi tizimidan bo`shatildi.
Pikuliska-Vilchevska jurnalistik akkreditasiyasini rasmiylashtirish jarayoni 2021 yil 3 fevral kuni yakunlanadi.