AsosiyDunyo

Navalniy 3,5 yilga umumiy rejimdagi koloniyaga yuborilishi mumkin

'Navalniy 3,5 yilga umumiy rejimdagi koloniyaga yuborilishi mumkin'ning rasmi

Moskva shahar sudi prokurori Aleksey Navalniyni shartli hukm shartlarini buzgani uchun 3,5 yilga umumiy rejimdagi koloniyaga yuborilishini talab qildi. Bu haqda Tass xabar berdi.

“Men suddan FJIEXning shartli   jazoni haqiqiy jazo bilan almashtirish to`g`risidagi iltimosnomasini qondirishni so`rayman. Men Navalniyni umumiy rejimdagi koloniyada 3,5 yilga jazoga tortilishini                                            talab qilaman. Simonovskiy sudining qarori kuchga kirguniga qadar sudlanuvchini hibsga olish tarzidagi profilaktika chorasi tanlanishini talab eting”deydi prokuror prokuror Ekaterina Frolov. 

Prokurorning so`zlariga ko`ra, sud tomonidan ko`rib chiqilayotgan masala odatdagi prosedura hisoblanadi. Rossiya Federasiyasida 2019 yilda sudlar tomonidan 15 mingdan ortiq, 2020 yilda 11 mingdan ziyod arizalar qondirilgan. 

Shu bilan birga, prokuror Navalniy Rossiya Federasiyasida ikki marta sinovdan o`tgan yagona shaxs ekanligini esladi. 

"Hech kimga sudning bunday o`ta yumshoqligi qo`llanilmagan", dedi u.

Boshqa yangiliklar