AsosiyJamiyat

Internetda tarqalgan videolar sabab 28 nafar ichki ishlar xodimi lavozimidan ozod etilgani ma`lum qilindi

'Internetda tarqalgan videolar sabab 28 nafar ichki ishlar xodimi lavozimidan ozod etilgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida IIV kadrlar boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Avazbek Inamov ma`lum qildi:

«Ichki ishlar organlari xodimlari va fuqarolar o`rtasidagi salbiy holatlar aks ettirilgan 201 ta videorolik ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo`lgan.

Kadrlar bosh boshqarmasi hamda O`zxavfsizlik bo`linmalari bilan hamkorlikda har bitta holat bo`yicha tekshirish o`tkazib, 87 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo`llanilgan. Shundan 8 nafari ichki ishlar tizimidan bo`shatilgan. 20 nafari esa egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

 Shu o`rinda, 201 ta videorolikdan 84 ta holatda xodimlar aybi tasdiqlanmagan va 22 ta holat bo`yicha fuqarolarga nisbatan ma`muriy javobgarlik, 9 ta holatda jinoiy ish qo`zg`atilgan».

    Boshqa yangiliklar