Azon.uz sayti bosh muharriri Abdulaziz Muborak Din ishlari bo`yicha qo`mita raisining o`rinbosari Dilshod Eshnaev tomonidan tahririyatga bosim va tahdid bo`layotganini va ishdan bo`shashga qaror qilganini ma`lum qildi. Bu holat jamoatchilik orasida muhokamalarga sabab bo`lmoqda.
Shunga ko`ra, AOKA rasmiy munosabat bilan chiqdi:
"O`zbekistonning yangi ochiqlik va oshkoralik siyosatida davlat idoralari va jurnalistlar o`rtasidagi bahsli masalalar imkon qadar o`zaro kelishuv, agarda buning iloji topilmasa huquqiy me`yorlardagi tartiblar asosida hal etilishi maqsadga muvofiqdir. Xususan, diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash va tarqatishda nizoli holatlar yuzaga kelganda ham masalaning echimi sud orqali hal etilishi belgilangan.
Agentlik doimgidek davlat organlari va ommaviy axborot vositalarini qonunchilikda ko`rsatib o`tilgan qoidalar hamda o`rnatilgan talablarni hurmat qilgan holda o`zaro munosabatlarga kirishishga chaqiradi. Shuningdek, davlat idoralarini jurnalistlarga nisbatan bosim o`tkazmaslik, tahririyat xodimlarini esa jurnalistlik odob-axloq qoidalariga amal qilishini so`raydi", - deyiladi rasmiy munosabatda.






