Joriy yilning 3 fevral kuni ijtimoiy tarmoqda “Bu DAN xodimimi yoki...?” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.
IIV YHXBB Axborot xizmatining xabar berishicha, video lavha o`rganilganda, joriy yilning 1 fevral kuni soat 23:15larda, Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Shahrisabiz ko`chasida xizmat olib borgan YPX xodimi D.Musaev tomonidan haydovchi M.M. boshqaruvidagi “Skuter” transport vositasiga to`xtash ishorasi berilganda, haydovchi ishoraga bo`ysunmasdan harakatini davom ettirgan.
Ko`rilgan choralar natijasida, haydovchi ushbu Shahrisabz ko`chasida YPX xodimi N.Dosimov tomonidan to`xtatilgan.
Suhbat jarayonida haydovchi spirtli ichimlik iste`mol qilganlikda gumonlangan va tibbiy tekshiruvga taklif etilgan.
Tibbiy tekshiruv xulosasiga ko`ra, haydovchining mastlik holati tasdiqlangan va YPX xodimi D.Musaev tomonidan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
O`zaro muloqot vaqtida YPX xodimi D.Musaev haydovchiga nisbatan qo`l harakatlari ishlatganlik holati video lavhada aks etgan bo`lib, ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.






