Vazirlar Mahkamasining "Sirdaryo viloyatida "Guliston tibbiyot klasteri" hamda xorijiy tibbiyot oliy ta`lim muassasasining filialini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida" gi qaroriga ko`ra, Gulistonda tibbiyot kolleji negizida tibbiyot oliygohi tashkil etilishi, unda Turkiyaning Sog`liq bilimlari universiteti filialini ochish bo`yicha muzokaralar olib borilayotgani haqida xabar berilgandi. Mazkur filial ta`lim faoliyatini 2021/2022 o`quv yilidan boshlab amalga oshiradi. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, filialda bakalavriat ta`lim yo`nalishida o`qitish jarayoni 3+3 (3 yil O`zbekistonda, 3 yil Turkiyada) tashkil etiladi, bunda 30 foiz talabalar universitet mablag`lari hisobidan ajratiladigan grantlar asosida o`qitiladi.
Nodavlat oliy ta`lim tashkiloti hisoblanadigan ushbu filialda o`qitish kunduzgi ta`lim shaklida, davlat va ingliz tillarida amalga oshiriladi.






