O`zbekistonda Xitoyning koronavirusga qarshi ZF 2001 vaksinasi sinovida ishtirok etish uchun umumiy tashrif buyurganlar soni 13 652 nafarni tashkil etgan. Ulardan 6 120 nafar ko`ngilli vaksinaning 1-dozasi bilan va 932 nafar ko`ngilli vaksinaning 2-dozasi bilan emlandi.
Vaksinani ishlab chiqqan Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasi mutaxassisi Yuan Lingfengning so`zlariga ko`ra, Xitoyda ko`ngilli fuqarolar ishtirokida vaksinaning I - II fazalari muvaffaqiyatli sinovdan o`tkazildi. Kuzatuvlar davomida birorta ham fuqaroda jiddiy o`zgarishlar yoki nojo`ya asoratlar paydo bo`lmagan. Vaksinaning hech qanday xavf tug`dirmaganligiga ishonch hosil qilgach, O`zbekistonda ham klinik sinovlarni davom etishga ruxsat etildi.
Xitoyda va O`zbekistonda vaksinaning III fazasini qabul jarayoni davom etmoqda. Xitoyda esa III faza emlanish ishlari deyarli oxirlab qolgan.