AsosiyJamiyat

“Men undan roziman” — Prezident Shuhrat G`anievdagi hurmatga sazovor jihatlarni aytdi

'“Men undan roziman” — Prezident Shuhrat G`anievdagi hurmatga sazovor jihatlarni aytdi'ning rasmi

Ayni paytda Farg`ona viloyati hokimligida viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tyapti. Sessiyaga davlat rahbari Shavkat Mirziyoev ishtirok etyapti, deya xabar qiladi “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov. Sessiya avvalida Prezident Farg`ona viloyatining odingi hokimi Shuhrat G`aniev haqida fikr bildirdi.

“G`anievning bitta eng katta fazilati bor, u halol odam. O`zini yuz foiz ishga bag`ishlagan. Man undan roziman. Hokim hammagayam yoqsa, tartib-intizom bo`lmaydi. Og`ir sinovli yillarda G`aniev o`zini ko`rsatdi. Shuning uchun uni Respublikaga eng og`ir yo`nalish - qishloq xo`jaligi sohasiga mas`uliyatli lavozimga tayinladim”, - dedi Prezident.

Shuningdek, davlat rahbari Shuhrat G`anievning Respublikaga “poyqadami yoqib”, respublika qishloq xo`jaligi rivojidagi ishlariga muvaffaqiyat tiladi.

    Boshqa yangiliklar