AsosiyJamiyat

Farg`ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Xayrullo Bozarov viloyat hokimi lavozimiga tayinlandi

'Farg`ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Xayrullo Bozarov viloyat hokimi lavozimiga tayinlandi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida bo`lib o`tayotgan viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shu kungacha Farg`ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelgan Xayrullo Bozarov shu lavozimga tayinlandi, deya xabar qiladi “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

Tayinlov oldidan davlat rahbari Kengash deputatlarining Xayrullo Bozarov haqidagi fikrlarini so`radi. So`zga chiqqan deputatlar iliq fikrlarni bildirishdi va bir ovozdan Xayrullo Bozarov viloyat hokimi lavozimiga saylandi. 

Vazifasini bajaruvchi bilan hokim o`rtasida katta farq bor. Shuning uchun Farg`ona viloyati hokimi lavozimiga G`anievdan keyin kimni qo`yishni uzoq o`yladim. Shu lavozimga loyiq odam Farg`onada bormi, degan savol meni qiynadi. Albatta yo`q! Shuning uchun tumanlarda ishlagan, xalqparvar, vatanparvar, “g`o`ddaymagan”, loyiq odamni qo`yishim kerak edi. Men Bozorovni 5 yilmas,10 yilmas,  15 yildan beri bilaman. U xalqparvar, g`o`daymagan. Shuncha yil ishlab o`zgarmadi,  endiyam o`zgarmaydi. Mana viloyatda 4 oy ishlab ko`rdi,sinovinglardan o`tdi.  Muammoni elkasina olishni biladi. Kecha menga 50 ta masala qo`ydi. Har safar izlanishda. Men ichimda xursand bo`ldim, lekinbildirmadim. Chunki, rahbarmuammoni qo`yganda o`zi uchunmas,  shu xalq manfaati uchun so`raydi. Birorta gapiga yo`q deganim yo`q.  Albatta,loyihalar uchun pul,  mablag` kerak. Pul topish qiyin. Ammo,  topib beramiz.  Viloyatda marra katta,  unga erishishi shart”, - dedi Prezident.

    Boshqa yangiliklar