Biroz avval Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida bo`lib o`tayotgan Farg`ona viloyati xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Xayrullo Bozarovning viloyat hokimi lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik. Sessiyada davlat rahbari viloyat va tuman boshqaruvida ham muhim o`zgarishlarni amalga oshiryapti, deya xabar bermoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
Sektorlar ishini tizimli tashkil etmagani va xizmat vazifasini etarli darajada bajarmagani uchun, quyidagi sektor rahbarlari lavozimidan ozod etildi:
- Quva tumanining 4 ta sektor rahbari: hokim – Ravshan Qurbanov, prokuror – Baxtiyor Vaxobov, Ichki ishlar bo`limi boshlig`i – Elyor Xaydamatov, soliq inspeksiyasi boshlig`i - Nosir Maqsudov.
- O`zbekiston tumani 2 ta sektor rahbari: hokim – Qahramon Jo`raev, prokuror – Mirvoxid Otaboev.
Yozyovon tumani 1-sektor rahbari hokim – Yo`lchiboy Boyigitov.
“Bundan buyon 4 ta sektor rahbarlari, viloyat hokimining 7 ta o`rinbosarlari “mahallabay” ishlab, aholining muammolarini hal qilishga shaxsan mas`ul va javobgar. O`z ishini uddalay olmagan rahbarga nisbatan jiddiy xulosa qilinadi va bugungiday lavozimidan ozod etiladi”, - dedi Prezident.






