AsosiyJamiyat

Markaziy saylov komissiyasi a`zolarining ayrimlarining vakolatlari tugatildi

'Markaziy saylov komissiyasi a`zolarining ayrimlarining  vakolatlari tugatildi'ning rasmi

Oliy Majlis Senatining o`n ikkinchi yalpi majlisida O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga o`zgartishlar kiritish to`g`risidagi masala ko`rib chiqilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko`ra, Senat a`zolari Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori Bazarov Orifjon Shadievich, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati ijtimoiy va maishiy masalalar bo`yicha bo`lim boshlig`i Djuraev Shuxrat Nizamovich, O`zbekiston sog`liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Surxondaryo viloyati bo`yicha mas`ul tashkilotchisi Kadirova Muyassar Djumaevna, O`zbekiston Respublikasi adliya vazirining o`rinbosari Kuchkarov Baxrom Tulkinovich, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o`rinbosari Nizamxodjaev Zayniddin Maxamatovich, Jizzax politexnika instituti rektori Usmonqulov Alisher Qodirqulovich, “O`zelektroapparat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Farmanov Aleksandr Kasimovich, Xorazm viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Yusupov Ergash Amanbaevichni O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a`zolari etib saylash to`g`risida qaror qabul qilingan.

Shuningdek, ushbu qaror bilan O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a`zolari M.E.Abdusalomov, O.Bobojonov,  M.A.Djuraeva, J.X.Norov, E.Rajabov, J.Sadikov va E.G.Xodjakulovning vakolatlari tugatildi. 

    Boshqa yangiliklar