AsosiyJamiyat

Xorazmda voyaga etmagan yosh qizlarni fohishalik bilan shug`ullanishga majbur qilib, sotishga uringan shaxslar ushlandi

'Xorazmda voyaga etmagan yosh qizlarni fohishalik bilan shug`ullanishga majbur qilib,  sotishga uringan shaxslar ushlandi'ning rasmi

Xorazmda voyaga etmagan yosh qizlarni fohishalik bilan shug`ullanishga majbur qilib, ularni sotayotgan shaxslar qo`lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, Xorazmda fuqaro R.M. o`z sheriklari bilan voyaga etmagan yosh qizlarni ushlab, ularni fohishalik bilan shug`ullanishga majbur qilgani, vaqti-vaqti bilan ularni 1000-1500 AQSh dollariga sotayotgani aniqlangan.

Xabarga ko`ra, Xazorasp stansiyasida fuqaro R.M. va uning sheriklari qizlarni fuqaro M.M. ga 1400 AQSh dollariga fohishalik bilan shug`ullanish uchun 7 kunga sotishni rejalashtirishayogani ma`lum bo`lgan.

Shundan so`ng, fuqaro R.M. ga nisbatan JKning 135-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar