AsosiyJamiyat

Buxorodagi portlashda jarohatlanganlarning ahvoli haqida ma`lumot berildi

'Buxorodagi portlashda jarohatlanganlarning ahvoli haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

Kecha, 4 fevral kuni Buxoro shahri Islom Karimov ko`chasi yo`l yoqasida bunyod etilayotgan ko`p qavatli uyda portlash yuzaga kelgan edi. Ma`lum bo`lishicha, qurilishi tugallanmagan 9 qavatli binoning 3-qavatidagi xonadonda gaz sizib chiqishi natijasida portlash vujudga kelgan. Gazni ulash talab-qoidalariga rioya etilmaganligi hamda ehtiyotsizlik shunday oqibatlarga olib kelgan. Qurilishga “WHITE GROUP TRADING” MChJ mas`ul bo`lgan, deya xabar bemoqda Sog`liqni saqlash vazirligi.

Ma`lum qilinishicha, favqulodda holat yuzaga kelganda ko`p qavatli uyda bo`lgan 3 nafar, portlash jarayonida yo`ldan transport vositalarida yo`lovchi sifatida ketayotgan 9 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olishgan. Ular zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga olib kelingan.  

Shuningdek, Portlashdan jabrlangan 12 nafar bemordan 5 nafari filialning neyroreanimasiya bo`limiga «Miyaning yopiq shikastlanishi va miya chayqalishi» tashxisi bilan yotqizildi. Ahvoli o`rta og`irlikda. 2 nafar bemor umumiy reanimasiya bo`limiga joylashtirilgan. Ularning bir nafarining yuz va qo`llarida 35 foiz kuyish aniqlangan, ahvoli nisbatan og`irroq. Ikkinchi bemorda ko`krak qafasining yopiq shikastlanishi kuzatilgan, uning ahvoli qoniqarli.  

Qolgan besh nafar bemorga ambulator yordam ko`rsatildi. Ularda situasion nevroz (qattiq qo`rqish) tashxisi qo`yilgan bo`lib, zarur muolajalar amalga oshirilgach, uylariga javob berilgan.  Bugun neyroreanimasiya bo`limidagi bemorlardan biriga ahvoli yaxshilanganligi uchun javob berilgan.

 

    Boshqa yangiliklar