1

Senat saylov kunini oktyabrga o`tkazishga oid qonunni tasdiqladi

Jamiyat 05.02.2021, 17:30
Teglar: Senat
Senat saylov kunini oktyabrga o`tkazishga oid qonunni tasdiqladi

Bugun, 5 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n ikkinchi yalpi majlisi o`z ishini boshlagani haqida xabar bergan edik. 

Yig`ilishda Senat tomonidan “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun ma`qullandi.

2019 yilda bo`lib o`tgan parlament saylovlarida yuzaga kelgan bir qator kamchilik va muammolarni bartaraf etish, xalqaro tashkilotlarning ayrim maqbul tavsiyalarini milliy qonunchilikka implementasiya qilish orqali mamlakatimizda ushbu sohada amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar mohiyatini xalqaro hamjamiyatga etkazish zarurati tug`ildi.

Ushbu Qonun saylov jarayoniga nisbatan yagona shaffof va samarali yondashuvlarni nazarda tutgan holda ishlab chiqilgan bo`lib, u bilan bir qator o`zgartishlar kiritilyapti.  

Jumladan, milliy ekspertlar tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan takliflari asosida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga saylov o`tkazuvchi okrug saylov komissiyalari instituti tugatilmoqda va ularning vakolatlari tuman (shahar) saylov komissiyalari zimmasiga yuklanmoqda. Shuningdek, xorijda istiqomat qilayotgan O`zbekiston fuqarolarini diplomatik vakolatxonalarning konsullik hisobida bo`lishi yoki bo`lmasligidan qat`i nazar saylovchilar ro`yxatiga kiritish tartibi, chet davlatlarda saylovchilar yashayotgan yoki ishlayotgan joyida ko`chma qutilarda ovoz berishning huquqiy asoslari yaratilmoqda.

Bundan tashqari, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida, harbiy qismlarda tashkil etilgan saylov uchastkalarini kuzatuvchilar o`z tashrifi haqida kamida 3 kun oldin xabardor qilish tartibi belgilanmoqda.

Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosining tavsiyalari asosida bir qator o`zgartishlar kiritilmoqda. Ya`ni:

  • saylov komissiyalarining nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga oid vazifasi chiqarib tashlanmoqda;
  • saylovoldi tashviqoti davrida davlat resurslaridan foydalanish taqiqlanmoqda;
  • saylov natijalarini e`lon qilish muddatlarining asossiz cho`zilishining oldini olish maqsadida saylov komissiyalari qarorlari ustidan shikoyat muddati 10 kundan 5 kunga qadar qisqartirilmoqda;
  • siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqoti uchun ajratilgan mablag`lardan foydalanishning shaffofligini ta`minlash maqsadida ular tomonidan saylovdan oldin oraliq va saylovdan so`ng yakuniy moliyaviy hisobotlarni, shuningdek Hisob palatasining partiyalar faoliyatini tekshirish natijalarini e`lon qilish tartibi joriy etilmoqda.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq Prezidentlik saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hamda mahalliy vakillik organlariga saylovlar tegishincha ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – dekabr oyi uchinchi o`n kunligining birinchi yakshanbasida o`tkaziladi.

Kiritilayotgan o`zgartishlar bilan saylovlarni oktyabr oyida o`tkazish taklif qilindi.

Senatorlarning fikricha, Qonunning qabul qilinishi umume`tirof etilgan xalqaro saylov standartlari asosida saylov qonunchiligini yanada takomillashtiradi, saylov jarayonlarining yanada ochiq va oshkora o`tishi, O`zbekistonning jahon mamlakatlari demokratiya indeksidagi ko`rsatkichlari yaxshilanishiga erishiladi. Shuningdek, saylovlardan keyin oliy davlat organlarini o`z vaqtida shakllantirish va muhim siyosiy qarorlarni qabul qilish uchun zamin yaratadi. Ushbu hujjat bilan fuqarolarning saylovlarda faol ishtirok etishiga erishiladi hamda kuzatuvchilar va saylovchilar uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

Mazkur o`zgartish va qo`shimchalar kiritilishi mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi va oshkoralik, shaffoflik, haqqoniylik, xolislik kabi demokratik prinsiplarni o`zida aks ettiradi.

Sharhlar

⚡️Jahongir Ortiqxo`jaevning senatorlik vakolati ham tugatildi

31.01.2023, 10:22

Jahongir Ortiqxo`jaevni Oliy Majlisi Senati a`zolari ro`yxatidan chiqarish to`g`risida Markaziy saylov komissiyasining qarori e`lon qilindi.Unga ko`ra, Toshkent shahridan saylangan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zosi...
O`zbekistonda go`daklar o`limi ko`paygan — Senat

29.09.2022, 09:18

Oliy Majlis Senati Kengashi majlisida Reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o`rganish masalasi muhokama qilindi, deya xabar bermoqda...
Jo`qorg`i Kenges raisi Amanbay Orinbaev Senat raisiga o`rinbosar etib saylandi

13.09.2022, 10:47

Bugun,13 sentyabr kuni, Toshkent shahrida Senatning majlislar zalida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`ttiz ikkinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi. Bu haqda Senat axborot xizmati...
"Senat „adi-badi“ aytishib o`tiradigan joy emas". Behzod Musaev va Akmal Burxonov o`rtasida debat bo`lib ketdi. Senat raisi bahsga aralashdi (video)

05.08.2022, 12:03

Senatning 29-yalpi majlisida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov O`zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risidagi milliy ma`ruzasi bahs-munozaraga aylanib ketdi.Agentlik rahbarining so`zlariga ko`ra, korrupsiyaga oid...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1