UzAutoMotors matbuot xizmati avtokreditni rasmiylashtirish vaqtidagi firibgarlik holatlari ko`payib ketgani yuzasidan xaridorlarni ogohlantirdi. Kompaniyaning ma`lum qilishicha, so`nggi vaqtlarda fuqarolarning daromadi etmasada avtokreditni rasmiylashtirib beruvchilar ko`payib ketgan.
UzAutoMotors bunday yo`l bilan avtkredit olishning imkoni yo`qligini aytmoqda. Chunki banklar vositachi kompaniyalar bilan ishlamasligi ta`kidlandi. Bundan tashqari, bank xodimlari fuqarolarning daromadlari haqida DSQdan mustaqil ravishda olishlari mumkinligi eslatildi.
Kompaniya fuqarolar shaxsan o`zlari bankka murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tdi. Bu uncha ko`p vaqt olmasligi ham ta`kidlandi.
05.02.2021 14:02
UzAutoMotors avtokredit olmoqchi bo`lganlarni firibgarlik holatlaridan ogohlantirdi






