Joriy yilning 3 fevral kuni soat 16:00larda, Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Maxtumquli ko`chasida, haydovchi, 1976 yilda tug`ilgan G.A. boshqaruvidagi “Spark” rusumli hamda haydovchi, 1997 yilda tug`ilgan E.J. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositalari ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar qildi.
Natijada, “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi, 45 yoshli G.A. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.






