Prezident qaroriga muvofiq, adliya vazirining o`rinbosari etib Alisher Nishanovich Karimov tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
A.Karimov 1978 yilda Andijon viloyati, Xo`jaobod tumani tug`ilgan, ma`lumoti oliy, 1999 yilda Toshkent davlat yuridik instituti, 2011 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
U o`z mehnat faoliyatini 1999 yilda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (hozirgi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi) Yuridik boshqarmasi etakchi mutaxassisi lavozimi faoliyat yuritishdan boshlagan.
A.Karimov turli yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi tizimida bosh mutaxassis, bo`lim boshlig`i, boshqarma boshlig`i o`rinbosari va boshqarma boshlig`i, shuningdek O`zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi maslahatchisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Adliya vazirligidagi faoliyatini 2017 yilda Jinoiy, ma`muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari lavozimida ishlashdan boshlagan.
2019 yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlab kelayotgan edi.






