AsosiyDunyo

Ispaniyada ham koronavirusning “braziliyacha” shtammi qayd etildi

'Ispaniyada ham koronavirusning “braziliyacha” shtammi qayd etildi'ning rasmi

Ispaniyada  koronavirusning Braziliya shtammini yuqtirishning birinchi holati aniqlandi. Bu haqda Vesti nashri xabar bermoqda.

Ushbu holat Madridda aniqlangan. Ma`lum qilinishicha, 29 yanvar kuni Madridga uchib ketgan 44 yoshli erkakda yangi shtamm aniqlangan. Uning dastlabki PSR tekshiruvi salbiy, antigen tekshiruvi esa ijobiy bo`lgan. Keyinchalik, bemor yana bir PSR testini o`tkazadi, u ham ijobiy bo`lib chiqqan.

Ayni paytda Ispaniyada ushbu koronavirus mutasiyasini yuqtirish holatlari hali ham mavjudmi yoki yo`qmi noma`lum, deyiladi xabarda.

Ma`lumot uchun, yanvar oyi oxirida AQShning Minnesota shtatida koronavirusning butun dunyo bo`ylab «Braziliya» nomi bilan tanilgan yangi variantiga yuqtirish bo`yicha birinchi holat qayd etilgan. Sal avval Turkiyada ham "braziliyacha" va "afrikancha" shtamm qayd etilgani xabar qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar