Qidiruvdagi shaxs Transportda XTB xodimlari tomonidan qo`lga olindi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi xabar qildi.
O`zbekiston Respublikasi IIV Transportda XTBB Toshkent shaxri aeroportlarida XTB xodimlari tomonidan o`tkazilayotgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo`lgan fuqaro, 1990 y.t. S.O. 6 fevral kuni, “Istambul-Toshkent” yo`nalishidagi aviareys orqali Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelgan vaqtda ushlandi va Samarqand viloyati IIB ixtiyoriga yuborildi.






