Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Dubayning valiahd shahzodasi Xamdan bin Muhammad Al-Maktum bilan uchrashdi.
Bu haqda amirlik hukumatining mediaidorasi ma`lumotiga asoslanib, Ria novosti xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida valiahd shahzoda Dubayning texnologik startaplarning o`sishi uchun samarali muhitni taqdim etishi haqida ma`lum qilgan.
Durov, o`z navbatida, startap ekotizimi, rivojlangan infratuzilma va biznes uchun qulay qonunchilik tufayli Dubay iste`dodlar va global miqyosga chiqishga intilayotgan tadbirkorlar markaziga aylanganini ta`kidlagan.






