AsosiyJamiyat

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi fuqarolarga Rossiyadan ish taklif qilmoqda

'Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi fuqarolarga Rossiyadan ish taklif qilmoqda'ning rasmi

Rossiya Federasiyasining Ryazan, Leningrad, Kaluga, Voronej va Kursk viloyatlaridagi “MSK Garant” MChJda ishlash istagida bo`lgan fuqarolar bo`sh ish o`rinlari uchun o`tkaziladigan tanlovlarga taklif etiladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishija, qo`ziqorin etishtirishda (qo`ziqorin terish, issiqxonada parvarishlash) quyidagi shartlarga ko`ra bo`sh ish o`rinlari mavjud:

  • ishchilar soni – 600 nafar;
  • ish grafigi – 6 kun ish, 1 kun dam olish kuni (bir kunlik ish vaqti 11 soat);
  • ish haqi – 30 – 60 ming rubl atrofida (ish sifati va miqdoriga qarab, daromad solig`idan tashqari 1 kg terim uchun 10 rubl hamda oy davomida bajarilgan ishga ko`ra rag`batlantirish mavjud);
  • 3 mahal ovqat ish beruvchi hisobidan;
  • ishchilar yoshi – 25 yoshdan 45 yoshgacha bo`lgan erkak va ayollar (bo`yi 160 sm dan kam bo`lmagan);
  • O`zbekistondan ish joyiga etib borish xarajatlari fuqaro hisobidan;
  • yotoqxona xarajatlari ish beruvchi hisobidan;
  • Rossiya Federasiyasiga etib borgandan so`ng aeroportdan yotoqxonaga va yotoqxonadan ish joyiga etib borish ish beruvchi transportida bepul amalga oshiriladi;
  • patent rasmiylashtirish bo`yicha ish beruvchi yuridik yordam ko`rsatadi. Agar patent rasmiylashtirish uchun fuqaroning mablag`i bo`lmasa, ish beruvchi tomonidan Rossiya Federasiyasi kredit tashkilotidan xodimning oylik maoshidan qisman ushlab qolish sharti bilan kredit rasmiylashtirishga ko`maklashiladi.

Boshqa yangiliklar