AsosiyJamiyat

Gulistondagi qassabxonalardan birida yong`in sodir bo`ldi

'Gulistondagi qassabxonalardan birida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Hodisa bugun,  soat 17:55da Sirdaryo viloyatining Guliston shahri “Taraqqiyot” MFY A.Navoiy ko`chasida joylashgan qassobxonada yuzaga kelgan.  

Yong`in oqibatida mazkur maskan ichidagi 1 dona muzlatgich va savdo stoli, jami 12 kv.m. maydoniga zarar etgan.

Voqea joyiga zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2 ta yong`in-qutqaruv ekipajlari  etib borgan. Yong`in soat 18:02da o`rab olinib, 18:05da batamom o`chirilgan.  

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida  qassobxonaning 15 kv.m. maydoni saqlab qolingan.  

Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar