AsosiyJamiyat

Buxoroda yil boshidan buyon 140dan ortiq ayollar zo`ravonlik hamda tazyiqqa uchragan

'Buxoroda yil boshidan buyon 140dan ortiq ayollar zo`ravonlik hamda tazyiqqa uchragan'ning rasmi

Buxoro viloyatida joriy yil boshidan buyon 140 nafardan ortiq zo`ravonlik hamda tazyiqqa uchragan, ajrashish yoqasiga kelib qolgan xotin-qizlarga himoya orderi berilib, mazkur oilalarning muammolarini hal etish, ularni yarashtirish yuzasidan manzilli tadbirlar belgilangan. 

Shu bilan birga, er va xotinga murabbiylar biriktirilib, ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalar mahalla va oilani qo`llab quvvatlash bo`limi hamda ichki ishlar organlarining alohida nazoratiga olindi. Xususan, ichkilikka ruju qo`ygan turmush o`rtog`i tomonidan doimiy ravishda tayziq va zo`ravonlikka duchor bo`lgan G`ijduvon tumani Xalqobod mahallasida yashovchi, 1968 yilda tug`ilgan Z.O. hamda Qumoq mahallasida yashovchi, 1977 yilda tug`ilgan fuqaro M.H.ga bir oy muddatga himoya orderi berilgan.

Shuningdek, Vobkent tumani Xalach mahallasida yashovchi X.E.ga turmush o`rtog`i I.J. tomonidan doimiy ravishda tazyiq o`tkazib kelinayotganligi aniqlanib, tomonlar va mutasaddilar ishtirokida unga bir oy muddatga himoya orderi rasmiylashtirib berildi va orderning talablari batafsil tushuntirildi. Buxoro tumani Gulshanobod mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug`ilgan D.F.ning qaynonasi bilan kelishmovchiligi o`rganilib, mutasaddilar ishtirokida muhokama qilindi. Himoya orderi olish shartlari tushuntirilganda, har ikkala tomon rad qilib, o`zaro yarashtirilgan.

Peshku tumani Sadir mahallasida yashovchi 2 nafar voyaga etmagan farzandni tarbiyalab kelayotgan M.D. va uning qaynonasi M.X.lar o`rtasidagi oilaviy kelishmovchilik o`rganilib, atroflicha muhokama qilindi va kelinga 1 oy muddatga himoya orderi rasmiylashtirib berilgan.

 

    Boshqa yangiliklar