AsosiyJamiyat

MIB: Sirdaryoda bir oyda 55 ta oila qo`rg`oni tiklanadi

'MIB: Sirdaryoda bir oyda 55 ta oila qo`rg`oni tiklanadi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosining Guliston shahar bo`limi ish yurituvida bo`lgan fuqarolik ishlari bo`yicha Sirdaryo viloyat sudining 2019 yil 20 martdagi aliment undirish bo`yicha ijro hujjatiga asosan, qarzdor N.M.dan sobiq turmush o`rtog`i, undiruvchi E.E.ga voyaga etmagan uch nafar farzandlari moddiy ta`minoti uchun 1/2 qism miqdorda voyaga etguncha aliment undirish lozim edi. Bu haqda Darakchiga MIB ma`lum qilmoqda. 

Davlat ijrochilari aliment undiruvi borasidagi ijro harakatlari olib borilishida taraflarning o`zaro kelishuvi, hatto yarashuviga ham katta e`tibor berilgani o`z samarasini bermoqda.

Bu so`zlarimizga birgina misol, yuqorida qayd etilgan sobiq er-xotinlarning uch nafar farzand oldidagi burchlari va mas`uliyatlari, kelajakdagi orzu-umidlarining ushalishi borasidagi sa`y-harakatlar natijasida ushbu oila MIB tashabbusi bilan qayta tiklandi.

Shu o`rinda, joriy yilning yanvar oyida Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyatining tuman (shahar) bo`limlarining davlat ijrochilari tomonidan 55 ta oila qayta tiklandi. Bunday xayrli ishlarda bolajonlarimizning quvonchi cheksiz.

Oila – muqaddas. Uni asrab-avaylash har birimizning burchimiz.

    Boshqa yangiliklar