Film qahramonlariga Sanjar Sattorov, Dildora Umarova, Egamberdi Rahimov, Po`lat Normatov, Seydulla Moldaxanov, Ma`rifat Ortiqova va boshqa mahoratli aktyorlar ovoz berishmoqda. Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berdi.
Badiiy film “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “O`zbekfilm” DUK tomonidan tayyorlanmoqda. Kinokartina shoir va mutafakkir Muhammad Aminxo`ja Mirzaxo`ja o`g`li Muqimiyning hayoti va ijodiga bag`ishlanadi.






