Qashqadaryoda yo`lovchi tashish qonuniyligini ta`minlash maqsadida viloyat transport boshqarmasi va viloyat IIB YHX boshqarmasi hamkorligida nazorat tadbirlari o`tkazilgan.
2021 yil 8 fevral holatiga ko`ra, yil boshidan buyon joylarda 226 marta reyd tadbiri tashkil etilgan. Nazorat davomida 722 ta holatda qonunchilikka zid faoliyat aniqlangan. Aybdorlarga nisbatan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, sud tartibida ko`rib chiqilgan.
" - Ahamiyatlisi, ayni paytga qadar 497 holatda qoidabuzarlarga nisbatan qonuniy chora belgilangan. Jarayon hali davom etmoqda.
Ta`kidlash o`rinli, aniqlangan holatlarning aksar qismini lisenziyasiz yo`lovchi tashish tashkil etadi", - deyiladi viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati xabarida.






