Sinoptiklarn ertangi va hafta davomida kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlari haqida xabar berdi.
Unga ko`ra ertaga - 9 fevral kuni hududlarda quyidagi havo haroratini kuzatish mumkin:
TOShKENT ShAHRI
Havo o`zgarib turadi, biroz yomg`ir yog`adi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 13-15° iliq bo`ladi.
QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.
TOShKENT VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.
SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.
QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.
Hafta o`rtasida Qozog`iston hududlaridan yana nam havo massalari o`tadi va u O`zbekistonning shimoliy qismiga kiradi.
Chorshanba kuni Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida, payshanba kuni Toshkent, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi.
Termometr ustuni kunduz kunlari 15-17 daraja iliq, janubda 20 darajailiqqacha ko`tariladi.
Juma kuni O`zbekistonning barcha hududlarida asosan kam bulutli ob-havo bo`ladi, havo harorati fevral oyiga qaraganda mart oyining oxiri va aprel oyining boshiga ko`proq xos bo`ladi. Kunduz kuni havo 17-20 darajailiqqacha, janubda va cho`l hududlarida 22 daraja iliqqacha isiydi.
Hafta davomida respublikaning tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi saqlanib turadi.






