To`rtko`l tumani IIB JQB xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbir natijasida 1989 yil To`rtko`l tumanida tug`ilgan, To`rtko`l tumanida yashovchi fuqaro S.B. boshqaruvidagi “Spark” avtomashinasi To`rtko`l tumani “Miskin” postida to`xtatilib fuqaro S.B. xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganida ustidagi kiyimining chap cho`ntagidan fuqaro J.X.ning pasport nusxasiga o`ralgan o`tkir hidli yashil rangli cho`p borligi aniqlanib hujjatlashtirilib olingan.
Ushbu moddaning Ekspert xulosasiga ko`ra 2,25 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko`rsatilgan.
S.B. o`z ko`rsatmasida ushbu «marixuana» giyohvandlik moddasini To`rtko`l tumanida yashovchi “Abay” ismli shaxsdan olganligini ma`lum qilgan. S.B. ning ko`rsatmasiga asosan, 1993 yilda To`rtko`l tumanida tug`ilgan, fuqaro A.A. S.B.ga 500 ming so`mga 3,04 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ushlangan.
A.A. o`z ko`rsatmasida ushbu «marixuana» giyohvandlik moddasini To`rtko`l tumanida yashovchi “Dauranbek” ismli shaxsdan olganligini ma`lum qilgan. A.A. ning ko`rsatmasiga asosan, 1977 yilda To`rtko`l tumanida tug`ilgan, To`rtko`l tumani “Paxtachi” mahallasida yashovchi fuqaro D.L. A.A. ga 500 ming so`mga 27 dona «Tramadol-lannaxer 50mg» bo`lgan dori vositasini sotayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan To`rtko`l tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi, 273 –moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.






