Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy xabariga ko`ra, quyidagi uchta xususiy bandlik agentligining faoliyati vaqtincha to`xtatildi.
- "Kontinent himoya xususiy bandlik agentligi" MChJ Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 2021 yil 7 yanvardagi 4-1001-2002-21465-sonli Hal qiluv qaroriga asosan 23.01.2020 yilda,
- “Xususiy bandlik agentligi manpower” MChJ QK Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 2021 yil 25 yanvardagi 4-1001-2002-21462-sonli Hal qiluv qaroriga asosan 23.01.2020 yilda,
- "Bek jobs xususiy bandlik agentligi" MChJ Andijon tumanlararo Iqtisodiy sudining 2021 yil 29 yanvardagi 4-1701-2102/76-sonli Hal qiluv qaroriga asosan 23.01.2020 yilda berilgan Lisenziyalarining amal qilinishi vazirlik huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi depozit hisob raqamida bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravari miqdoridagi mablag`larni zaxira qilingunga qadar to`xtatildi.






