Joriy yilning 8 fevral kuni soat 13:00larda, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Parkent hamda Ohangaron ko`chalari kesishmasida, haydovchi, 1962 yilda tug`ilgan B.A. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomobil hamda 8 ta vagon bilan harakatlanib ketayotgan, O.A. boshqaruvidagi «TEM2-7084» rusumli teplovoz ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, to`qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo`q.
Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.