Quva tumanida 07 fevral kuni A.F. ismli ayol “Spark” rusumli avtomashinasini Farg`ona ko`chasida boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo`qotib yo`l chetida to`xtab turgan chet el fuqarosi M.Sh. ga tegishli "Volvo" rusumli yuk avtomashinasini orqa tomoniga uradi. Ushbu yo`l-transport hodisasi oqibatida, “Spark” avtomashina haydovchisi A.F. ismli ayol hodisa joyida vafot etgan. Ushbu avtomashina yo`lovchisi G`.B. ismli ayol esa tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.








