AsosiyJamiyat

Zangiotada 30 sotix erni 27,7 ming dollarga sotmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi

'Zangiotada 30 sotix erni 27,7 ming dollarga sotmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Zangiota tumanida chorva fermer xo`jaligiga qarashli 30 sotix erni sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati "Darakchi"ga xabar qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “N.” MTP rahbari O.A., fuqaro G`.ning ishonchiga kirib, unga tumandagi “T.” chorva fermer xo`jaligiga qarashli 30 sotix  sug`oriladigan er maydonini 27 700 AQSh dollariga sotilishini aytib, keyinchalik ushbu er hujjatlarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishga kelishib, oldindan 10 300 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan O.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar