1

Buxorolik fuqaro 2 ayolga OIV infeksiyasi qasddan yuqtirdi

Jinoyat 08.02.2021, 19:27
Buxorolik fuqaro 2 ayolga  OIV infeksiyasi qasddan yuqtirdi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan o`tkazilayotgan teri tanosil va asr vabosi hisoblangan OITS kasallaligini oldini olish, uni qasddan yuqtirish bilan bog`liq holatlarni aniqlashga qaratilgan profilaktik tadbirlardan birida 2 ayolga OIV infeksiyasini qasddan yuqtirish holati aniqlandi.

Ma`lum qilinishicha,  Buxoro shahar Piridastgir ko`chasida yashovchi, 1994 yilda tug`ilgan B.N. ismli shaxs (ism sharifi o`zgartirilgan) 2016 yilning sentyabr oyida viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro`yxatga olinib, OIV infeksiyasini yuqtirganlik uchun O`zbekiston Respublikasi JKning 113-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi to`g`risida ogohlantirilib, unga bir qator cheklovlar belgilab berilgan bo`lishiga qarasdan, 2018 yil noyabr oyidan 2020 yilning mart oyiga qadar Navoiy viloyati Uchquduq tumanida yashovchi, 1979 yilda tug`ilgan P.P. (ism sharifi o`zgartirilgan) bilan Buxoro shahrining turli joylarida himoya vositalarisiz jinsiy aloqada bo`lib kelgan.

Bundan tashqari 2020 yil 08 oktyabrdan boshlab K.K. (ism sharifi o`zgartirilgan) ismli ayol bilan sha`riy nikoh asosida birgalikda yashab, u bilan ham hech qanday himoya vositalarisiz jinsiy aloqada bo`lib kelib, ushbu ikkala ayol P.P va K.K.larga OIV kasalligini qasddan yuqtirgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan B.N.ismli shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi  qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1