AsosiyJamiyat

Navoiyda yuk mashinasi bilan to`qnashgan Matiz haydovchisi vafot etdi(video)

'Navoiyda yuk mashinasi bilan to`qnashgan Matiz haydovchisi vafot etdi(video)'ning rasmi

Navoiy viloyati Zarafshon shahri hududidan o`tuvchi avtomobil yo`lida yuk mashinasi qarama-qarshi tomonda to`xtab turgan Matiz bilan to`qnashib ketdi. Bu haqda «Zamon.uz» informasion dasturida xabar qilindi.

Ma`lum qilinishicha, Zarafshon shahri hududidan o`tuvchi xalqaro ahamiyatga ega A-379 Navoiy–Uchquduq yo`lida 25 yoshli yigit boshqaruvidagi «GAZ» rusumli yuk mashinasi o`zidan oldingi mashinani quvib o`tmoqchi bo`lib qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketgan.

Natijada yuk mashinasi ro`parada piyodaga yo`l berish maqsadida to`xtagan Matiz avtomobiliga katta tezlikda borib urilgan.

Oqibatda engil avtomobil haydovchisi og`ir tan jarohati olib, Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo`limida ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Yuk avtomobili haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o`limiga sabab bo`lgan transport boshqarish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar