O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, bugun kunduzi respublika bo`yicha yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kun davomida 10-15° iliqni tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo o`zgarib turadi,yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-15° iliq bo`ladi.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq atrofida bo`ladi.






