AsosiyJamiyat

Tunda Namanganda ikkita xоnadon yonib ketdi

'Tunda Namanganda ikkita xоnadon yonib ketdi'ning rasmi

Namangan viloyati Namangan shahar A.To`qay ko`chasida 2 ta xonadon 250 kv.m maydonda tomi, shifti, uy jixozlari yonayotganligi bo`yicha favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga soat 19:57 xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV xabar bermoqda. 

Yong`in-qutqatuvchilar 3 daqiqada ya`ni 20:00 da  voqea joyiga etib borgan, 20:30 da yong`in qurshab olindi, 21:15 da yong`in to`liq o`chirildi. Yong`indan tan jarohati olganlar yo`q. Xozirda yong`in sabablari o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar