Navoiy viloyati Navoiy shahrida yashovchi fuqaro Soxiba Qilicheva tomonidan O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi “1091” ishonch telefoni orqali murojaat kelib tushdi.
Unda iste`molchi, S.Qilicheva o`z murojaatida bank krediti asosida 13 250 000 so`mga sotib olgan xo`jalik jihozlari ichidagi kir yuvish mashinasi nosoz chiqqanligi bois “Artel” servis markaziga murojaat qilgan, ammo murojaati e`tiborsiz qoldirilganligini aytib o`tgan.
Mupojaat o`rganilishi natijasida kir yuvish mashinasi bepul ta`mirlatib berildi.
Yana bir murojaat, Qoraqalpog`iston Respublikasi To`rtko`l tumanida yashovchi fuqaro Yu.S tomonidan murojaat kelgan bo`lib, unda iste`molchi tumanda joylashgan «BLACKWOOD» MChJ korxonasiga 16 mln so`mga 13ta AKFA oynaga hamda 4 ta AKFA eshikka buyurtma berganligi va eshik va romlar o`rnatilganidan keyin nosozligi ma`lum bo`lganligi, tadbirkor esa turli bahonalar orqali almashtirib berishdan bosh tortganligini aytib o`tgan. O`rganish natijasida sifatsiz o`rnatilgan AKFA romlari yangisiga almashtirilib berildi






