Bu haqda Yirik soliq to`lovchilar bo`yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi matbuot xizmatining xabariga tayanib, rasmiy xabarlar yozmoqda.
"2020 yilda soliqqa oid turli huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun 188 ta yirik soliq to`lovchi korxonaning 234 nafar mansabdor shaxsiga nisbatan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
193 nafar (82 %) mansabdor shaxs tomonidan belgilangan o`ttiz kunlik muddatda etkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf etishga erishildi. Majburiyatlarini o`z vaqtida bajarmagan 41 nafar (18 %) mansabdor shaxsga nisbatan esa jami 59,3 mln so`m miqdorida ma`muriy jarima qo`llanildi".






