AsosiyJamiyat

Angrenda o`qituvchi o`quvchini do`pposlayotgani aks etgan videoga izoh berildi

'Angrenda o`qituvchi o`quvchini do`pposlayotgani aks etgan videoga izoh berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlardi Toshkent viloyati, Angren shahri Dukentsoydagi 4-umumta`lim maktabida o`qituvchi o`z o`quvchisi do`pposlayotgani aks etgan video tarqalgan edi.

Videotasvir yuzasidan Angren shahar XTB mudiri Rohila Abduqodirova quyidagilarni ma`lum qildi:

" -- Ushbu holat joriy yilning 4 fevral kuni 41-umumiy o`rta ta`lim maktabning biologiya fani o`qituvchisi Z.Turdieva beshinchi soat dars mashg`uloti vaqtida 9-“V” sinfda biologiya fani  darsi davomida videotasvirga olingan. Shu kuni  9-”V” sinf o`quvchisi Asadbek Qubiddinov darsga daftarsiz kelgan.

O`qituvchi doskaga mavzu va rejani yozayotgan paytida  o`quvchi ruxsatsiz birinchi qatordan to`rtinchi qatorning birinchi partasiga borib o`tirgan va dars jarayoniga xalaqit qiladigan qiliqlar qilib, qolgan barcha o`quvchilarni darsdan chalg`itgan. O`qituvchi o`quvchini ketma-ket besh martadan qo`p ogohlantirishga qaramay, dars jarayoniga xalaqit qilgan. 

O`qituvchi mavzuni tushuntirayotgan vaqtda ham o`quvchi yana noo`rin qiliqlar qilib o`qituvchini va o`quvchilarni darsdan chalg`itayotgani uchun uni doska oldiga chiqarib, nega bunday qilayotganligi bo`yicha izoh berishini so`raganida, orqasiga qarab yana qiliq qilib sinfdagi o`quvchilarni kuldirgani uchun o`qituvchi Z.Turdieva o`quvchi A.Qubiddinovning kurtkasini ustidan bir musht tushurdi. 

O`quvchi A.Qubiddinov o`qituvchi Z.Turdievaga Siz boksyorsiz yana musht tushuring deb o`qituvchini quyushqondan chiqargani uchun o`qituvchi jahl ustida o`quvchiga bir necha bor musht tushurgan. O`quvchi dars tugaganidan keyin yana o`qituvchini masxara qilib xonadan chiqib ketgan. 

O`qituvchi Z.Turdieva bu holat bo`yicha maktab rahbariyatini va sinf rahbarini ogohlantirmagan. Sababi o`qituvchi qon bosimi ko`tarilib xonada chamasi ikki soatlar o`tirib, so`ng o`zi rahbarlik qilayotgan 6-“D” sinfda joriy yilning 5 fevral kuni bo`lib o`tadigan tadbirga tayyorgarlik ko`rgan. 

Joriy yilning 8 fevral kuni o`qituvchi har doimgidek 9-“V” sinfda darsni o`tgan. O`quvchi A.Qubiddinov joriy yilning 4 fevral kuni dars mashg`ulotlariga halaqit qilib o`qituvchini quyushqondan chiqargani uchun o`qituvchi Z.Turdievadan uzr so`rab qilgan ishidan ming bor pushaymon ekangligini ma`lum qildi va o`qituvchi bilan o`zaro kelishib olishdi. Shu o`rinda o`qituvchi Z.Turdieva o`quvchi va uning ota-onasidan bo`lib o`tgan holat yuzasidan kechirim so`radi", - deyladi bayonotda.

 

 

    Boshqa yangiliklar