Majburiy ijro byurosi Matbuot xizmatining darakchi.uzga bergan ma`lumotiga ko`ra, byuroning Qo`rg`ontepa tuman bo`limi ish yurituvida bo`lgan Qo`rg`ontepa tumanlararo sudining 2020 yil 11 dekabrdagi ajrimiga asosan javobgar “GRAND OQ-OSTONA” MChJ va qo`shimcha javobgar “SARDOR FAYZ BEMINNAT" MChJlardan “Qishloq qurilish bank” ATB viloyat boshqarmasi foydasiga kreditdan bo`lgan qarzdorlikni so`ndirish maqsadida “SARDOR FAYZ BEMINNAT" MChJ tasarrufidagi 2 ta "KOGEL SN 24" rusumli maxsus texnika vositalarini qarzdorlikka qaratish belgilangan.
Sud ajrimiga asosan Majburiy ijro byurosi Qo`rg`ontepa tuman bo`limi xodimlari tomonidan ijro harakatlari olib borilib, tahminiy bahosi 400 mln. so`mga teng bo`lgan 2 ta "KOGEL SN 24" rusumli maxsus texnika vositalari xatlandi.
Hozirda mazkur texnika vositalarini onlayin auksion savdolariga chiqarish choralari ko`rilmoqda.






