AsosiyJamiyat

Mittilik (pakana) kasalligiga chalinganlar imtiyozli pensiyaga chiqishi huquqiga ega

'Mittilik (pakana) kasalligiga chalinganlar imtiyozli pensiyaga chiqishi huquqiga ega'ning rasmi

 Pensiya jamg`armasi matbuot xizmatining ma`lumotiga ko`ra, “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi Qonunning 13-moddasida, gipofizar mittilik kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda tuzilishida mutanosiblik buzilgan pakanalar, erkaklar ish staji kamida 20 yil va ayollar ish staji kamida 15 yil bo`lgan taqdirda umumiy pensiyaga chiqish yoshini 15 yilga qisqartirgan holda imtiyozli ravishda pensiya olish huquqiga ega bo`lishi nazarda tutilgan (erkaklar – 45 yoshdan, ayollar – 40 yoshdan).

Ma`lum bo`lishicha, bugungi kunda mittilik kasaligiga chalingan 42 nafar  fuqaroga (shundan: erkaklar 17 nafar, ayollar 25 nafar) umumiy belgilangan pensiya yoshidan 15 yil oldin imtiyozli pensiya tayinlanib to`lanmoqda.

Ma`lumot uchun: Toshkent shahar – 9 ta, Buxoro viloyati – 7 ta, Namangan viloyati – 5 ta, Farg`ona viloyati – 5 ta, Andijon viloyati – 4 ta, Samarqand viloyati – 3 ta, Xorazm viloyati – 3 ta, Surxondaryo viloyati – 2 ta, Toshkent viloyati – 2 ta, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida – 1 ta.

Qonunning 7-modasida, umumiy asoslarda yoshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar 60 yoshga to`lganda ish staji kamida 25 yil va ayollar 55 yoshga to`lganda ish staji kamida 20 yil bo`lgan taqdirda ega bo`lishi nazarda tutilgan.

 

    Boshqa yangiliklar