AsosiyJamiyat

Misrning “Air Cairo” aviakompaniyasi bilan muntazam avia qatnovlar yo`lga qo`yishga doir muzokaralar o`tkazildi

'Misrning “Air Cairo” aviakompaniyasi bilan muntazam avia qatnovlar yo`lga qo`yishga doir muzokaralar o`tkazildi'ning rasmi

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi o`rinbosari Ulug`bek Azamov “Air Cairo” aviakompaniyasi rahbari Husayn Sharif, Misr arab Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi birinchi kotibi Holid Muhammad Fikriy va Misrning “Lucky tours” sayyohlik agentligi bosh menejeri o`rinbosari Yosriy Husayn Alilar bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida mehmonlar ikki davlat o`rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, O`zbekiston va Misr o`rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish hamda ikki davlat turizm salohiyatini keng targ`ib qilishga doir masalalarni muhokama qilishdi. 

“Air Cairo” aviakompaniyasi rahbariyati bilan Sharif Misrning Qohira va Sharm ash-Shayx shaharlaridan Toshkent va Samarqandga muntazam avia qatnovlar sonini oshirish hamda yangi reyslarni yo`lga qo`yish borasidagi o`zaro hamkorlik aloqalarida kelishuvga erishildi. Misr tomonidan O`zbekistonda turizm sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlashda hamkorlik qilish taklifi ham ilgari surildi. 

Mavjud sayyohlik ob`ektlarimiz salohiyati bilan yaqindan tanishish maqsadida joriy yil bahorda Misrning etakchi OAV vakillari va blogerlarining mamlakatimizga tashrifini tashkil qilish rejalashtirildi. 

Ma`lumot o`rnida: Misr Arab Respublikasining “Air Cairo” aviakompaniyasi shtab-kvartirasi Qohira shahrida joylashgan bo`lib, Evropa, Afrika va Osiyo mamlakatlarining qator sayyohlik kompaniyalari bilan yaqin hamkorlik qiladi. 

    Boshqa yangiliklar