1

Oltiariqda talonchilar qo`lga olindi

Jinoyat 09.02.2021, 20:57
Oltiariqda talonchilar qo`lga olindi

Oltiariq tumanida 6 fevral kuni voyaga etmagan N.R., T.X., M.M., S.M. va T.X.lar bir guruh bo`lib “Spark” rusumli avtomashinasida Yangiturmush MFY hududida harakatlanib ketayotib, yo`l chetida turgan voyaga etmagan A.D.ni oldida to`xtatib, unga chaqirishganda kelmayotganini bahona qilishib u bilan gap talashib, A.D.ni egnidagi kamzulining chap cho`ntagida bo`lgan narxi 4.100.000 so`mlik “Samsung A-31” rusumli uyali telefon aparatini ochiqdan-ochiq talon-taroj qilib, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg`ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1