«O`zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Prezident farmoni imzolandi.
Farmonga binoan, bir oy muddatda ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish doirasida quyidagi aviareyslar yo`lga qo`yiladi:
➖ Farg`ona–Urganch–Farg`ona;
➖ Termiz–Urganch–Termiz;
➖ Qarshi–Urganch–Qarshi.
Andijon–Xiva–Andijon temir yo`l qatnovi soni oshiriladi.
2021 yil 1 aprelga qadar quyidagi yo`nalishlar bo`yicha doimiy temir yo`l qatnovi yo`lga qo`yiladi:
➖ Termiz–Qarshi–Xiva;
➖ Xiva–Urganch–Nukus;
➖ Termiz–Qarshi–Samarqand.
Avvalroq, ushbu Farmon bilan bayramlar arafasida dam olish kunlari 3 kun etib belgilangani va ayrim davlat fuqarolari uchun 10 kun muddatga vizasiz rejim joriy etilgani xabar qilingan edi.