AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning ikkita hududida yomg`ir yog`adi

'Bugun O`zbekistonning ikkita hududida yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Beqarorlik faqat Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida kutilmoqda, bu erda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kun davomida 12-17° iliqni tashkil etadi.

Poytaxtimizda yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-17° iliq bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 3-8° iliqgacha isiydi.

    Boshqa yangiliklar